Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Erkinjon Turdimovning 2018 yil 1 avgustdagi qaroriga muvofiq, Nurqulov Abdumajid Alibekovich viloyat hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Shu paytgacha bu vazifada Kamoliddin Qurbonov ishlab kelayotgan edi. Bu haqda «Zarafshon» gazetasi saytida xabar berildi.

Viloyat hokimning sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari vazifasini bajaruvchisi etib Shukurov Akmal G‘ayratovich tayinlandi.

1 avgustga qadar Samarqand viloyati hokimining turizmni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Munis Voseyev o‘rnida endilikda Nurullayev Botirjon O‘tkirovich faoliyat ko‘rsatadi.