1 avgust kuni xalq deputatlari Oqdaryo tumani kengashining ham navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Samarqand viloyati hokimligi matubot xizmati xabar bermoqda, deyiladi «Zarafshon» gazetasi saytidagi ma’lumotda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi U.Ismoilov va viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi E.Turdimov ishtirok etgan sessiyada tashkiliy masala ko‘rildi.

2016 yil noyabr oyidan buyon Oqdaryo tumani hokimi vazifasida ishlab kelgan O‘sarov Pirmatboy Turanovich o‘z arizasiga ko‘ra tuman hokimi vazifasidan ozod etildi.

Shu paytgacha «O‘zagrotexsanoatxolding» aksiyadorlik jamiyati investitsiyalarni jalb qilish, investitsion loyihalarni amalga oshirish va ishlab chiqarishni mahalliylashtirish boshqarmasi boshlig‘i vazifasida faoliyat ko‘rsatgan Abilov Feruz Ne’matullayevich Oqdaryo tumani hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.