Toshkentda chiqindilarni yig‘ish va yo‘q qilish bilan shug‘ullanuvchi «Maxsustrans» DUK direktorligi lavozimiga Rahmatullo Murodillayevich Qarshiyev tayinlandi. Sherzod Irgashevich Kattaxo‘jayev esa direktorning birinchi o‘rinbosari bo‘ldi, deya xabar berdi poytaxt hokimiyati matbuot xizmati. Ularning har ikkisi ham «Umid» prezident jamg‘armasi yo‘nalishi bo‘yicha xorijiy OTMlarda tahsil olib qaytgan.

Rahmatullo Qarshiyev (1978 y. t.) Bolton universiteti (Buyuk Britaniya, 2001) va Sautgempton Solent universitetida (Buyuk Britaniya, 2006) tahsil olgan.

2016 yildan Hyundai Engineering xorijiy korxonasida inspektor, avvalroq — 2010 yildan — Best Prime Aurum kompaniyasi marketing va savdo bo‘limi boshlig‘i, 2008−2010 yillarda Samarqand yengil sanoat kollejida o‘qituvchi, 2002−2007 yillarda — Samarqand viloyati hokimiyatida yetakchi mutaxassis bo‘lib ishlagan.

Sherzod Kattaxo‘jayev.

Sherzod Kattaxo‘jayev (1977 y. t.) Toshkent davlat texnika universiteti (1999) va Robert Gordon universitetini (Shotlandiya, 2002) tamomlagan.

2005 yildan «Tiklamoq» kompaniyasiga rahbarlik qilgan, 2017 yilda Milliy energiyatejash kompaniyasi bosh direktorni o‘rinbosari bo‘lgan.

«Maxsustrans"ning avvalgi rahbari Kamoliddin Jamoliddinovich Nabiyev edi.