«O‘zbekiston havo yo‘llari» Milliy aviakompaniyasiga tegishli, Istanbulda muntazam reysni amalga oshirayotgan Boeing 767 samolyotining shinasi 2 avgust kuni soat 5:10 da Toshkentga qo‘nish chog‘ida yorilib ketdi.

Aviatashuvchining xabarida aytilishicha, tormoz tizimlaridan birining ishdan chiqishi oqibatida ushbu ko‘ngilsiz voqea sodir bo‘ldi.

Qo‘nish odatiy ko‘rinishda amalga oshirildi. Hodisa yuzasidan surishtiruv boshlandi.

Aviakompaniya yuzaga kelgan noqulaychilik uchun yo‘lovchilardan uzr so‘radi.