O‘zbekistonning Seuldagi elchixonasi Kyongsang provinsiyasida mahalliy migratsiya hukumati xodimlari tomonidan o‘zbekistonlik talabaning kaltaklanishi bilan bog‘liq hodisaning barcha jihatlarini o‘rganish choralari ko‘rilmoqda. Mahalliy OAVning xabar qilishicha, hodisa 16 iyul kuni bo‘lib o‘tgan.

TIV matbuot xizmatining xabar qilishicha, mavjud holat bilan tanishish va, zaruriyat tug‘ilganda, konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatish uchun Chxonvon shahriga (Seul shahridan 400 km uzoqlikda joylashgan) elchixonaning konsullik xodimi jo‘natildi.

Tashqi ishlar vazirligining Konsullik-huquqiy departamenti mazkur masala yuzasidan O‘zbekiston elchixonasi konsullik bo‘limiga hech qanday murojaat kelib tushmaganini xabar qildi.