Prezident 1 avgust kuni «O‘zbekiston Respublikasida investitsiya muhitini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmonni imzoladi.

Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar ustav fondining eng kam miqdori 600 million so‘mdan 400 million so‘mgacha, chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar ustav fondidagi xorijiy investitsiyalar ulushining eng kam miqdori esa 30 foizdan 15 foizgacha kamaytirildi.

Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonaning ishtirokchisi sifatida xorijiy yuridik shaxs qatnashishi shartligi to‘g‘risidagi talab bekor qilindi. Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun davlat boji miqdori uch baravarga kamaytirildi.

Aksiyadorlik jamiyatlari ustav fondining eng kam miqdori 400 million so‘m miqdorida belgilandi. Hozirda, AJ va aksionerlar huquqlari to‘g‘risidagi qonunga ko‘ra, u Markaziy bank kursi bo‘yicha 400 ming dollarni tashkil etadi.