1 avgust kuni xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Samarqand viloyat hokimligi saytida xabar berildi.

Sessiyada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi U.Ismoilov va viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi E.Turdimov ishtirok etdi va so‘zga chiqdi. Sessiyada tashkiliy masala ko‘rildi.

2017 yil fevral oyidan buyon Pastdarg‘om tumani hokimi vazifasida ishlab kelgan Ergashev Sobirjon Fayzullayevich o‘z arizasiga ko‘ra tuman hokimi vazifasidan ozod etildi.

Shu paytgacha Toyloq tumani hokimi vazifasida faoliyat ko‘rsatgan Sa’dullayev Bahodir Safiyullayevich Pastdarg‘om tumani hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

B.Sa’dullayev 2017 yil avgust oyida Toyloq tumani hokimi etib tayinlangan edi. Uning Pastdarg‘om tumani hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangani munosabati bilan Toyloq tumani hokimi vazifasidan ozod etildi.

2014 yil sentyabr oyidan buyon «Agrobank» Samarqand viloyati boshqarmasi boshlig‘i vazifasida ishlab kelgan Bobonazarov Bahodir Qodirovich Toyloq tumani hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.