O‘zbekiston Respublikasi prezidenti qaroriga muvofiq, Jo‘rayev Shuhrat Xo‘jamberdiyevich O‘zbekiston favqulodda vaziyatlar vazirining qurilish va muhandislik muhofasi ishlari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Ma’lumotlarga qaraganda, Shuhrat Jo‘rayev 2 avgust kuni vazirlik jamoasiga tanishtirildi va ish boshladi.

2018 yilning aprel oyiga qadar Shuhrat Jo‘rayev Jizzax viloyat hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlagan.