Bunga qadar «O‘zbekiston mettalurgiya kombinati» aksidorlik jamiyati boshqaruvining raisi — bosh direktori vazifasida faoliyat yuritib kelgan Abdullo Xolmurodovich Xursanov «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» aksidorlik jamiyati boshqaruvining raisi — bosh direktori etib tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligining telegramdagi «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.

«O‘zbekiston mettalurgiya kombinati» AJ boshqaruvining raisi — bosh direktori vazifasini bajaruvchi sifatida Tohirjon Azamatov tayinlandi.

T. Azamatov shu kunga qadar «O‘zbekiston mettalurgiya kombinati» AJ boshqaruvi raisining xodimlar va ijtimoiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi lavozimida ishlab kelayotgan edi.