Joriy yilning 21−29 iyul kunlari Portugaliyaning Lissabon shahrida fizika fanidan bo‘lib o‘tgan 49-xalqaro olimpiadada O‘zbekistondan 4 nafar o‘quvchi ishtirok etib, Namangan davlat universiteti akademik litseyi 3-kurs o‘quvchisi Umidjon Hafizov bronza medalini qo‘lga kiritdi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Fizika fanidan bo‘lib o‘tgan 49-xalqaro olimpiadada 90 ta mamlakatdan 400 nafardan ortiq o‘quvchilar ishtirok etdi.

U.Hafizov endilikda Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 13 oktyabrdagi «O‘zbekiston iqtidorli yoshlarini taqdirlash va moddiy rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi 226-sonli qaroriga muvofiq, Oliy ta’lim muassasasiga davlat granti asosida qabul qilinadi. Shuningdek, pul mukofoti bilan ham taqdirlanadi.