1 avgustdan GM Uzbekistan avtomobillari 1-avgustdan oshirilmaydi, deya xabar qildi “O‘zavtosanoat” matubot xizmati.

“GM Uzbekistan AJ avtomobillari narxi o‘zgartirilmaydi. 30-iyul kuni Xalqaro press-klub sessiyasida muhokama qilingan avtomobillar narxining oshirilishi masalasi bugungi kunda mutasaddi tashkilotlar va ekspertlar bilan hamkorlikda mazkur masalaning ijobiy va salbiy jihatlari hisobga olingan holda har tomonlama o‘rganilmoqda”, — deyiladi xabarda.

“O‘zavtosanoat"dan xabar qilinishicha, ijtimoiy tarmoqlarda avtomobillar narxlari va prays-listlar haqidagi ma’lumotlar ishonchli emas.

Eslatib o‘tamiz, dushanba kuni “O‘zavtosanoat” boshqaruv raisi Shavkat Umurzoqov GM Uzbekistan avtomobillari narxi o‘rtacha 14 foizga oshirilishi to‘g‘risida ma’lum qilgan edi.