Aminov Rustam Anvarovich Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish Davlat qo‘mitasi Toshkent shahar boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

U bunga qadar O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish Davlat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari lavozimida ishlagan.
Aminov Rustam Anvarovich 1978 yil Toshkent shahrida tug‘ilgan. Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan (2001).

2013−2014 yillarda — O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish Davlat qo‘mitasi boshqarma boshlig‘i lavozimida ishlagan.
2014−2014 yillarda — O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish Davlat qo‘mitasining Toshkent shahar hududiy boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan.