Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida turar joyning maydoni bo‘yicha ma’lumotnoma olish va arxitektura-rejalashtirish topshirig‘ini ishlab chiqish bo‘yicha portalida yangi xizmatlar ishga tushirildi. Bu haqda Norma.uz xabar berdi.

Turar joyning maydoni bo‘yicha ma’lumotnoma olish xizmatidan ERIga ega bo‘lgan, avtorizatsiyalangan foydalanuvchilargina foydalanishlari mumkin. Xizmat yarim avtomatik tarzda bo‘lib, jismoniy shaxslarga ko‘rsatiladi.

Arxitektura-rejalashtirish topshirig‘ini ishlab chiqish xizmati (I qism) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qurilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmalari tomonidan taqdim etiladi. ARTda (I qism) bino yoki inshootning tashqi ko‘rinishiga, qurilishning taxminiy maydonlariga, avtoturargohlar, hududga kirish va chiqish yo‘llariga, kichik me’moriy shakllarning tuzilishi, yer uchastkasining ko‘kalamzorlashtirilishi va obodonlashtirilishiga bo‘lgan umumiy talablar belgilanadi.

Xizmat ERIga ega bo‘lgan, avtorizatsiyalangan foydalanuvchilar uchun ochiqdir. Xizmat ko‘rsatilganligi uchun EKIHning 30 foizi miqdorida yig‘im undiriladi.

https://www.norma.uz/uz/bizning_sharhlar/yaidhp_interaktiv_hizmatlari_ruyhati_kengaytirildi