O‘zbekiston Moliya vazirligi internet foydalanuvchilarining General Motors Uzbekistan kompaniyasi o‘z avtomobillari narxlarini belgilashda Moliya vazirligi bilan kelishishi bilan bog‘liq izohlariga munosabat bildirdi. 1 avgustdan GM Uzbekistan o‘z avtomobillari narxini o‘rtacha 14 foizga oshirdi.

Moliya vazirligi tarqatgan bayonotda prezidentning 2017 yil 14 noyabrdagi qarori bilan 2018 yil 1 yanvardan boshlab davlat organlari, tashkilot va hukumat komissiyalarining mahsulotlar, xom ashyo va materiallar narxlari, hajmi va ularni taqsimlash dislokatsiyasi chegaralarini tasdiqlash vakolati bekor qilingani (Vazirlar Mahkamasi tomonidan ro‘yxati belgilanib beriluvchi ijtimoiy va strategik ahamiyatga ega mahsulot turlaridan tashqari) ta’kidlanadi.

«General Motors Uzbekistan ishlab chiqaruvchi avtomobillar narxlar (tariflar) davlat tomonidan nazorat qilinadigan ijtimoiy va strategik ahamiyatga ega mahsulotlar (xizmatlar) ro‘yxatiga kiritilmagan… Shunday qilib, General Motors Uzbekistan ishlab chiqaruvchi avtomobillar narxlari hech qaysi davlat organi, shu jumladan Moliya vazirligi tomonidan nazorat qilinmaydi. General Motors Uzbekistan ishlab chiqaruvchi mahsulotlar narxi faqatgina ishlab chiqaruvchi tomonidan tan narxi, ishlab chiqarish rentabelligini ta’minlash va avtomobillarga bo‘lgan talabdan kelib chiqib belgilanadi», — deyiladi bayonotda.