1-avgust kuni Toshkentda OTMlarga kirish imtihonlari o‘tkazilishi munosabati bilan bir qator ko‘chalar 6:00 dan 16:00 ga qadar yopiladi, deya xabar qildi poytaxt IIBB.

Yopiladigan ko‘chalar

Ko‘rgazma ko‘chasi Kichik halqa yo‘lidan Kor Xoji ota ko‘chasigacha;

Iftixor ko‘chasi Amir Temur ko‘chasidan Usta Shirin ko‘chasigacha;

Usta Shirin ko‘chasi Iftixor ko‘chasidan Ko‘rgazma ko‘chasigacha;

Akmal Po‘lat ko‘chasi Iftixor ko‘chasidan Ko‘rgazma ko‘chasigacha.