«O‘zbekiston havo yo‘llari» Milliy aviakompaniyasining HY272 marshruti bo‘yicha Istanbul — Toshkent reysi havo laynerining texnik nosozligi sababli 30 iyul kuni (10:30) to‘xtatib qo‘yildi. Bu haqda aviakompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

HY272 reysining Istanbuldan uchish vaqti 31 iyul kuni soat 4:00 (Istanbul vaqti)da ekani belgilangandi. Toshkentga qo‘nish vaqti esa 31 iyul soat 10:30 (Toshkent vaqti)ga belgilangan edi.

30 iyul kungi HY272 reysiga chipta olib, ro‘yxatdan o‘tgan odamlardan 31 iyul kuni Istanbul vaqti bilan soat 1:00 ga Otaturk aeroportiga kelishlari so‘raladi.

Kompaniya yuzaga kelgan kamchilik uchun uzr so‘raydi.

Toshkent aeroportining ma’lumotlar xizmati: (+99871) 140−28−01/-02/-03/-04.