29 iyul kuni soat 17:35 da Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi navbatchilik qismiga yordam so‘rab qo‘ng‘iroq qilindi — bir guruh sayohatchilar Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanining tog‘larida adashib qolgan.

FVV matbuot xizmatining xabar qilishicha, «Chimyon» qutqaruv otryadi qutqaruvchilari tezkorlik bilan voqea joyiga chiqishib qidiruv ishlarini boshlab yubordi. 30 iyul kuni erta tongda soat 05:30 da adashib qolganlar topildi.

Qutqaruvchilar tomonidan adashib qolganlargi yordam ko‘rsatilib, aholi punktiga evakuatsiya qilindi.

FVV tog‘li hududlarda xavfsizlik qoidalariga rioya qilishni so‘radi.