Toshkentdagi Maxtumquli, Temur Malik, Parkent ko‘chalari va Ohangaron shossesi chorrahasida (sobiq TAPOiCh, Korzinka.uz «Aviator» supermarketi) uch qavatli transport bog‘lamasi qurilishi munosabati bilan aylanib o‘tish tashkillashtiriladi.

«Ko‘prikqurilish» tresti boshqaruvchisi Zafar Mahamatovning «Gazeta.uz"ga xabar qilishicha, chorraha uch bosqichda yopiladi — u dushanba kuni boshlanib, chorshanba kuni yakunlanadi.

Qurilish joyini aylanib o‘tish uchun vaqtinchalik yo‘llar quriladi, ikki joyda transport oqimini boshqarish uchun vaqtinchalik svetoforlar ishlaydi, shu yo‘l bilan transportning uzluksiz harakati ta’minlanadi.

Aylanib o‘tish sxemasi kattalashtirilgan hajmda

Toshkent hokimiyati va IIBB dushanba kuni haydovchilarni chorraha yopilishi to‘g‘risida ogohlantirmagani sababli chorrahada tirbandliklar vujudga keldi.