«O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» aksiyadorlik jamiyati yuqori tezlikda harakatlanuvchi zamonaviy «Afrosiyob» elektropoyezdining yo‘l chipta narxlari 15 avgust kunidan boshlab o‘zgarganini ma’lum qildi.

Toshkent-Samarqand:

VIP-klass- 151 000 so‘m

Biznes-klass- 105 000 so‘m

Ekonom-klass- 78 000 so‘m

Toshkent-Qarshi:

VIP-klass- 209 000 so‘m

Biznes-klass- 148 000 so‘m

Ekonom-klass- 108 000 so‘m

Toshkent-Buxoro:

VIP-klass- 243 000 so‘m

Biznes-klass- 176 000 so‘m

Ekonom-klass- 128 000 so‘m

IZOH: Qo‘shimcha ma’lumotlarni 1005 qisqa raqam orqali yoki joylardagi xududiy temir yo‘l ma’lumotxonalaridan bilib olishingiz mumkin.

«O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» kompaniyasi narxlar oshishini quyidagicha tushuntirdi: «Mos ravishda Buxoro va Qarshiga qatnovchi «Sharq» va «Nasaf» poyezdlari bor. «Afrosiyob» ham Buxoro va Qarshiga qatnaydi. «Afrosiyob» poyezdlari qulayroq ekani, ular yuqori narxga sotib olingani, shuningdek, hozirgi kunga qadar bu poyezlarga ispaniyalik mutaxassislar xizmat ko‘rsatayotganini ham hisobga olish kerak. Bularning bari katta xarajat. Shartli ravishda «Sharq» va «Nasaf» poyezdlarida yo‘l haqi 1000 so‘m deb olsak, «Afrosiyob"ning hozirgi (oshmagan) narxi yo 1002 so‘m, yo 998 so‘m».