O‘zbekiston Xalq ta’limi vazirligi xorijlik sarmoyadorlarni mamlakatda xususiy umumta’lim maktablari ochishga taklif qilmoqda, deya xabar berdi XTV matbuot xizmati.

Xususiy maktablarda axborot texnologiyalari, tabiiy fanlar va xorijiy tillar kabi yo‘nalishlar bo‘yicha yangi o‘quv uslublari va o‘quv rejalarini joriy etish taklif qilinmoqda.

Xalq ta’limi vazirligi xususiy maktablar tashkil etishga sarmoya kiritishni yengillashtirish, investorlar himoyasi va davlat ko‘magini ta’minlashga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlarni loyihalarini tayyorlaydi.

«Aminmizki, xususiy maktablar sektoridagi ulkan xilma-xillik va raqobat bolalarimiz uchun ta’lim tizimini rivojlantirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, — dedi vazir Sherzod Shermatov. — Barcha xalqaro maktablarni bolalarimiz uchun yuqori sifatli ta’limni taqdim etishga qaratilgan qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga chaqirib qolamiz».

Hamkorlik masalalarida privatschools@xtv.uz elektron pochtasi yoki (+99894) 640−95−39 telefni orqali murojaat qilish mumkin.