Farrux Jahongirovich Po‘latov «O‘zdonmahsulot» aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruvining raisi etib tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligining telegramdagi «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.

Kanal ma’lumotiga ko‘ra, yuqori sifatli un navlari, yorma, omixta yem, shuningdek non-bulka, makaron va qandalotchilik mahsulotlari ishlab chiqarishni hamda iqtisodiyot tarmoqlari va respublika aholisini ular bilan ta’minlash «O‘zdonmahsulot» AKning asosiy vazifalari sirasiga kiradi.

Eslatib o‘tamiz, «O‘zdonmahsulot» kompaniyasi boshqaruvining sobiq raisi Surat Haydarov poraxo‘rlikda gumonlanib qo‘lga olingan edi. Unga xususan xizmat vakolatidan faol ravishda foydalangan holda «O‘zdonmahsulot» tizimiga qarindoshlarini ishga joylashtir va shu orqali pora olishning butun va mustahkam mexanizmini ishga tushirish aybi qo‘yilgan.