Toshkentda Rossiyaning KB Strelka kompaniyasi tomonidan amalga oshirilayotgan Amir Temur shohko‘chasi rekonstruksiyasining birinchi bosqichi boshlandi, deya xabar qildi poytaxt hokimiyati matbuot xizmati.

O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining 26 iyul kuni bo‘lib o‘tgan sayyor yig‘ilishida shohko‘chaning Osiyo ko‘chasidan Kichik halqa yo‘ligacha bo‘lgan qismini transport uchun 15 avgustgacha yopishga qaror qilindi.

Loyiha doirasida, avval xabar qilganimizdek, shoh ko‘chani to‘liq qayta rejalashtirish, piyodalar yo‘laklarini kengaytirish va avtomobil qo‘yish bo‘lmalari va veloyo‘laklar qo‘shish ko‘zda tutilgan. Sayr uchun qulay sharoitlar yaratish uchun yangi daraxtlar o‘tqazish belgilangan.

Metro yaqinidagi chorrahalar va boshqa joylarda kichik maydonchalar ko‘rinishidagi aholi xordiq chiqarish maskanlari paydo bo‘lishi lozim, piyodalar yo‘laklari to‘siqsiz muhit hosil qilinadi, rastachalar, chiqindi idishlari va yangi chiroqlar o‘rnatiladi.

Chorrahalar va piyodalar o‘tish joylari o‘tish qismini toraytirish va egish, xavfsiz orolchalar ko‘rinishidagi oqim tezligini pasaytirish choralari ko‘rilishi hisobiga xavfsizroq bo‘ladi.