1 avgust kuni Toshkentga Falastin Davlati tashqi ishlar va ekspatriantlar vaziri Riad al-Malkiy boshchiligidagi delegatsiya tashrif bilan keladi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar qildi.

Tashrif dasturidan Tashqi ishlar vazirligida O‘zbekiston — Falastin muzokaralarini o‘tkazish o‘rin olgan. Muzokaralar chog‘ida ikki tomonlama va xalqaro kun tartibining dolzarb masalalarini muhokama qilish rejalashtirilgan.