Tashqi savdo vazirligi O‘zbekiston Eksimbanki, Eksportni ilgari surish milliy agentligi va Eksport kreditlarini sug‘urta qilish agentligini tashkil etish konsepsiyasini ishlab chiqmoqda. Bu haqda 25 iyul kuni tashqi savdo vaziri Jamshid Xodjayev Jahon banki missiyasi vakillari bilan uchrashuvda ma’lum qildi.

Vazirning qayd etishicha, Tashqi savdo vazirligi Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya, AQSH va boshqa mamlakatlar tajribalari asosida eksportni qo‘llab-quvvatlash va mamlakat eksport salohiyatini oshirish ustida ish olib bormoqda.

Jahon bankining moliya, raqobat va innovatsion rivojlanish masalalari bo‘yicha katta mutaxassisi Stefka Slavova O‘zbekiston Eksimbanki konsepsiyasini ishlab chiqishda texnik yordam ko‘rsatishga tayyorligini bildirdi.