O‘zbekistonliklar to‘liq Oy tutilishi va Marsning buyuk ro‘para turishi hodisalariga guvoh bo‘ldi. Tutilish Toshkent vaqti bilan 23:24 da boshlandi. 2:13 da soya chekishinishni boshlab, 3:19 da to‘liq tark etdi.

Oy tutilishi — XXI asrda eng uzoq davom etuvchi noyob hodisa hisoblanadi. Bunda oy sirtiga Yer soyasi tushgach, yer atmosferasi sababli Oy sathi qizil-sarg‘ish tusga kiradi.

Shuningdek, kecha Mars sayyorasi Yerga eng qisqa masofa — 57,7 mln kilometrgacha yaqinlashdi.