Vazirlar Mahkamasining 2018−2019 yillarda Surxondaryo viloyatining Qiziriq tumanini kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarori qabul qilindi.Bu haqda Adliya vazirligining telegramdagi «Huquqiy axborot» kanali orqali xabar berildi.

Qaror bilan tasdiqlangan dastur parametrlarining bajarilishini ta’minlashda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi respublika ishchi guruhi tuzildi.

Dasturda jami 298 ta loyihani amalga oshirish uchun jami 1 100 366 mln (1,1 trillion) so‘m mablag‘ sarflanishi nazarda tutilgan bo‘lib, loyihalarning 146 tasi sanoat, xizmat ko‘rsatish va qishloq xo‘jaligi, 103 tasi yo‘l-transport va muhandislik kommunikatsiya, 25 tasi esa ijtimoiy soha infratuzilmasini rivojlantirishga qaratilgan.