Bosh prokuratura tomonidan Mirzo Ulug‘bek tumani prokuraturasi katta tergovchisi K. ish yurituvidagi xorijiy korxona ta’sischiligida tashkil etilgan jamiyat mansabdor shaxslariga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishini ijobiy hal qilib berish evaziga 47.300 AQSH dollarini olganligi holati yuzasidan kelib tushgan murojaatga asosan JKning 210-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Jinoyat ishi bo‘yicha K.ga JKning yuqoridagi moddasi bilan ayb e’lon qilinib, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Bosh prokuratura matbuot xizmatining xabar berishicha, hozirda jinoyat ishi yuzasidan tergov harakatlari davom etmoqda.