26 iyul kuni Surxondaryo viloyatining Oltinsoy tumanida yashagan X.B. mast holda o‘zining «Neksiya» rusumli avtomashinasini shu mahalla hududidagi ichki yo‘lda haydab ketayotib, boshqaruvni eplay olmasligi sabab «Xazarbog‘» kanaliga tushib ketgan.

Ichki ishlar vazirligining matbuot xizmati bergan xabarga ko‘ra, mazkur hodisa natijasida haydovchi X.B. va uning yo‘lovchisi Sh. P. voqea joyida halok bo‘lgan.