25 iyul kuni Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida istiqomat qilib kelgan B.D. «Kamaz» rusumli yuk avtomashinada «Chimyon» MFYda joylashgan archazor tog‘idan pastga haydab tushayotganida boshqaruvini eplay olmay shu yerdagi soyga tushib ketgan. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar berdi.

Oqibatida yuk avtomashinaning kabina qismida yong‘in kelib chiqqan. Buning natijasida B.D. jarohat olib, voqea joyida vafot etgan.