O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi 2018 yilning birinchi yarimyilligida amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha bayonot berdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Jinoyatchilik va huquqbuzarliklarga qarshi kurash, tezkor-qidiruv va tergov faoliyatini muvofiqlashtirish sohasida idoralararo hamkorlikni kuchaytirish natijasida:

O‘tkazilgan tadbirlar natijasida, umumiy jinoyatchilik (38,7 foiz), nomusga tegish (62,7 foiz), talonchilik (58,8 foiz), bosqinchilik (58,6 foiz), bezorilik (50,1 foiz), tovlamachilik (45,5 foiz), o‘g‘rilik (44,4 foiz), firibgarlik (39,2 foiz), qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish (17,7 foiz) va qotillik (17,6 foiz) jinoyatlarining kamayishiga erishildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 14.03.2017 yildagi qarori ijrosi yuzasidan tuzilgan Idoralararo tezkor-qidiruv guruhi tomonidan:

— 4270 ta og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlar fosh etildi (227 ta qotillik, 74 ta bosqinchilik, 172 ta talonchilik, 2.988 ta o‘g‘rilik);

— jinoyatni hisobdan yashirish bo‘yicha 662 ta holat aniqlandi, shuningdek jinoyat haqidagi ariza va xabarlarni qasddan yashirgan 20 nafar shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi;

— qidiruvdagi 2295 nafar shaxs ushlandi;

— bedarak yo‘qolganlik haqidagi 150 dan ortiq materiallar o‘rganilib, natijasiga ko‘ra 70 ta qaror qabul qilindi va 2 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi;

— jinoyat ishini to‘xtatish to‘g‘risidagi 62 ta asossiz qarorlar bekor qilindi;

— jinoyat qonunchiligiga kiritilgan o‘zgartirishlarga muvofiq 61 ta jinoyat ishi qayta malakalandi;

— 183 ta jinoyat ishi tugatildi (shundan 161 tasi javobgarlikka tortish muddati o‘tganligi, 22 tasi jinoyat tarkibi mavjud bo‘lmaganligi munosabati bilan);

Shuningdek, aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirish va qonunchilikni targ‘ib qilish ishlarini jonlantirish yuzasidan:

Aholi va bevosita ijrochilarga yangi qabul qilingan qonunlarning mohiyatini yetkazish maqsadida 67 947 ta tadbirlar tashkil etildi, shu jumladan 13 314 ta ommaviy axborot vositalari orqali (5511 ta televideniye, 3649 ta radio chiqishlar, 3870 ta maqolalar);

Markaziy va viloyat telekanallarida «Murojaatlar va qonun», «Bir jinoyat izidan», «Jarayon», «Dolzarb mavzu», «Adolat», «Himoya» va boshqa ko‘rsatuvlar olib borilmoqda.

Bevosita prokuratura organlari tomonidan 148 729 ta murojaatlar ko‘rib chiqildi, 141 830 nafar fuqarolar qabul qilindi;

Murojaatlarni ko‘rib chiqish natijasi bo‘yicha:

— 7,4 mlrd. so‘mlik zararni undirish haqida sudlarga 579 ta ariza berildi;

— 1003 nafar shaxs intizomiy va ma’muriy javobgarlikka tortildi;

— qo‘pol qonunbuzilishi holatlari bo‘yicha 147 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi;

— 23,9 mlrd. so‘mlik ish haqi, pensiya, aliment va boshqa to‘lovlarni olishda amaliy yordam ko‘rsatildi.