Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudi tomonidan 64-sonli alohida sharoitlarda ta’minlash, tarbiyalash va ta’lim berishga muhtoj bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatining sobiq direktori Shuhrat Sadinovga nisbatan Samarqand shahar prokuraturasining «qamoqqa olish» tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi iltimosnomasi ko‘rib chiqildi va qanotlantirildi. Bu haqda O‘zbekiston Oliy sudi matbuot xizmati «Gazeta.uz"ga xabar qildi.

Shuhrat Sadinov Jinoyat kodeksining 110-moddasi (qiynash) 2-qismi «a» bandi va 206-moddasi (hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chetga chiqish) 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanmoqda.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudining 26 iyuldagi ajrimiga mufoviq ayblanuvchi Shuhrat Sadinovga nisbatan «qamoqqa olish» tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanildi.