27 iyul kuni Shayxontohur tumani hokimligi mas’ul xodimiga nisbatan davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibini buzganlik uchun ilk marotaba ma’muriy jarimaga tortish to‘g‘risida qaror chiqarildi. Bu haqda Davlat xizmatlari agentligidan «Gazeta.uz"ga ma’lum qilindi.

Davlat xizmatlari agentligi Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan ҳуқуқбузар eng kam oylik ish haqining besh baravari, ya’ni 921 500 so‘m miqdorida jarimaga tortildi.

Avval xabar berilganidek, 23 iyuldagi qonun bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga (MJTK) tegishli o‘zgartishlar kiritilgan edi. Unga ko‘ra, davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi qonun hujjatlarini buzganligi uchun ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish va ma’muriy jazo choralarini qo‘llash ma’muriy sudlardan Agentlikka o‘tkazildi. Organ nomidan qarorlarni agentlik direktori va uning o‘rinbosarlari, agentlik hududiy boshqarmalarining boshliqlari va ularning o‘rinbosarlari qabul qiladi.