16 iyulda texnik sabablarga ko‘ra yopilgan Urganch aeroportini 10 avgustda ochish rejalashtirilmoqda. Bu haqda Xorazm viloyati hokimi v. b. Farhod Ermanov Facebook-sahifasida xabar qildi.Hozirda havo bandargohida «Xorazm yo‘l qurilish» qurilish korxonasi tomonidan uchish-qo‘nish yo‘lagi asfaltini almashtirish ishlari olib borilmoqda. Bu yerda 50 dan ortiq maxsus texnikalar ishlamoqda.

Chorshanba kuni viloyat ma’muriyati rahbari olib borilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida aeroportga tashrif buyurdi. Xorazm hokimiyati va aeroport ma’muriyati yo‘lovchilardan vaqtinchalik noqulaylik uchun uzr so‘radi.

Aeroport yopilgani munosabati bilan aviaqatnovlar Nukus va Buxoro aeroportlariga ko‘chirilgan. Reyslar jadvali «O‘zbekiston havo yo‘llari» Milliy aviakompaniyasi сайтиva tashuvchining Telegram-kanalida e’lon qilib borilmoqda. Ma’lumotlar xizmati: (+99871) 140−02−00.