Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ikkinchi va undan keyingi oliy ma’lumot olishni xohlovchilar uchun oliy ta’lim muassasalariga qabul boshlanganligi haqida e’lon qildi, deyiladi Norma.uz sayti xabarida.

Abituriyentlar ta’lim muassasasining qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari kerak:

ta’lim muassasasi rektori (direktori) nomiga ariza;

oliy ma’lumot to‘g‘risida davlat namunasidagi diplom (asl nusxasi) ilovasi bilan;

3,5×4,5 sm hajmdagi 6 dona fotosurat;

086-U-son shakl bo‘yicha tibbiy ma’lumotnoma;

pasport va harbiy xizmatga aloqadorligi haqidagi hujjat nusxasi (hujjatning asl nusxasi shaxsan ko‘rsatiladi).

Hujjatlar 2018 yilning 20 iyulidan 20 avgustiga qadar quyidagi oliy ta’lim muassasalarida qabul qilinadi:

1. O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti

2. O‘zbekiston milliy universiteti

3. Toshkent davlat texnika universiteti

4. Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti

5. Toshkent moliya instituti

6. Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti

7. Toshkent davlat sharqshunoslik instituti

8. Toshkent kimyo-texnologiya instituti

9. Toshkent davlat pedagogika universiteti

10. Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti

11. Andijon mashinasozlik instituti

12. Andijon davlat universiteti

13. Buxoro davlat universiteti

14. Buxoro muhandislik-texnologiya instituti

15. Guliston davlat universiteti

16. Jizzax politexnika instituti

17. Qoraqalpog‘iston davlat universiteti

18. Qarshi davlat universiteti

19. Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti

20. Namangan davlat universiteti

21. Namangan muhandislik-qurilish instituti

22. Namangan muhandislik-texnologiya instituti

23. Samarqand davlat universiteti

24. Samarqand davlat chet tillar instituti

25. Samarqand iqtisodiyot va servis instituti

26. Termiz davlat universiteti

27. Farg‘ona davlat universiteti

28. Farg‘ona politexnika instituti

29. Urganch davlat universiteti

30. Navoiy davlat pedagogika instituti

31. Nukus davlat pedagogika instituti

32. Jizzax davlat pedagogika instituti

33. Qo‘qon davlat pedagogika instituti

34. Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti

35. Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti

36. Toshkent davlat agrar universiteti

37. Toshkent tibbiyot akademiyasi

38. Toshkent tibbiyot pediatriya instituti

39. Toshkent farmatsevtika instituti

40. Toshkent davlat stomatologiya instituti

41. Andijon davlat tibbiyot instituti

42. Buxoro davlat tibbiyot instituti

43. O‘zbekiston davlat konservatoriyasi

44. O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti

45. O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport instituti

46. Milliy rassomlik va dizayn instituti

47. Toshkent axborot texnologiyalari universiteti

48. Toshkent temir yo‘l transporti muhandislari instituti

49. Toshkent avtomobil yo‘llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi instituti

50. Toshkent arxitektura-qurilish instituti

51. Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti.