Eshonqulov Akram Yusufovich Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisining o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda Adliya vazirligining telegramdagi «Huquqiy axborot» kanali orqali xabar berildi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining asosiy vazifasi aholini, shuningdek chet el jamoatchiligini O‘zbekistonning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy hayotida ro‘y berayotgan o‘zgarishlar to‘g‘risida keng xabardor qilish hisoblanadi, deyiladi xabar matnida.