O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 24 iyul kuni «Samarqand davlat universiteti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori qabul qilindi.

Mazkur qaror bilan Samarqand davlat universitetining ilmiy salohiyatini oshirish, zamonaviy infratuzilmasi va moddiy-texnik bazasini yanada takomillashtirsh hamda mehnat bozorida raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash maqsadida qator chora-tadbirlar amalga oshirilishi belgilandi.

Samarqand davlat universiteti hududida Konfutsiy haykali o‘rnatiladi va ushbu hududdagi 9 qavatli o‘quv va ma’muriy bino hamda unga tegishli hududning me’moriy ko‘rinishi O‘zbekiston-Xitoy milliy me’morchiligi an’analariga muvofiqlashtiriladi.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazriligining telegramdagi kanalida berilgan ma’lumotga ko‘ra, binoning har bir qavati rivojlangan xorijiy mamlakatlarning nufuzli oliy ta’lim muassasalari andazalariga moslashtiriladi.

Qolaversa, mazkur qarorga muvofiq universitetda ta’lim olayotgan xorijiy talabalar uchun alohida talabalar turar joyi qurilishi belgilangan.