O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi 2018 yilning birinchi yarimyilligida amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha bayonot berdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Aholi bandligini ta’minlashga qaratilgan qonunchilik, shuningdek, 2018 yil 1-yarmida ish o‘rinlarini yaratish va aholi bandligini ta’minlash Dasturi ijrosi bo‘yicha o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida:

kollej bitiruvchilarining bandligini ta’minlash va mazkur sohadagi hisobotlar haqqoniyligiga alohida e’tibor qaratildi;

2.016 ta yangi ish o‘rinlari yaratilganligi haqida hisobot ko‘rsatkichlariga qo‘shib yozishlar aniqlandi;

34 mln. so‘m zarar ixtiyoriy undirildi, sudlarga 4,5 mlrd. so‘m moddiy zararni undirish haqida 1.991 ta da’vo arizalari kiritildi;

qo‘pol qonunbuzilishi holatlari bo‘yicha 10 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.