26 iyul kuni 14:35 da Toshkent IIBB navbatchilik qismiga Beltepa-Aeroport yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanayotgan 11-avtobus ishtirokida yo‘l-transport hodisasi ro‘y bergani to‘g‘risida xabar kelib tushdi, deya ma’lum qildi boshqarma matbuot xizmati.

Bobur ko‘chasi bo‘ylab harakatlanib ketayotgan Mercedes-Benz rusumli avtobus 1- sonli «Baxt uyi» (sobiq 1-FHDYO) qarshisida daraxtga borib urilgan, natijada singan daraxt shu yerga qo‘yib ketilgan Cobalt avtomobili ustiga qulagan. Yengil mashina ichida bu vaqtda hech kim bo‘lmagan.

25 yoshli avtobus haydovchisi Anvar U.ning so‘zlariga ko‘ra, YTH vaqtida salonda 25−30 kishi bo‘lgan. Qurbonlar yo‘q. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 11 kishi turli tan jarohatlari bilan shifoxonaga murojaat qilgan. YTH sabablari o‘rganilmoqda.