Fransiya Tashqi ishlar vazirligida Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston-Fransiya Hukumatlararo komissisiyaning yettinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi, deya xabar qildi «Dunyo» AA.

Yig‘ilishda ikki mamlakatning ortiq rasmiy, ishbilarmon va ekspert doiralarining 50 dan ortiq vakili ishtirok etdi. O‘zbekiston delegatsiyasiga bosh vazir o‘rinbosari Suxrob Xolmurodov, fransuz tomoniga esa tashqi ishlar vaziri Jan-Iv Le Drian boshchilik qildi.

Fransiya TIV rahbari bugungi kunda ikki davlat diplomatik munosabatlarida yangi sahifalar ochilayotganini ta’kidlab o‘tdi. U Toshkentning Markaziy Osiyoda tinchlik va barqarorlikni ta’minlash, jumladan Afg‘onistonda barqarorlikni ta’minlash borasidagi mintaqaviy siyosatini to‘liq qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qildi.

Fransiya TIV davlat kotibi Jan Batist Lemuan o‘z mamlakatining aviatsiya va sanoatning boshqa turlari, neft-gaz va qazib olish sektori, to‘qimachilik va qishloq xo‘jaligi kabi yo‘nalishlardagi qo‘shma loyihalarni amalga oshirishda O‘zbekistonga yordam ko‘rsatishga tayyor ekanini bildirdi.

Suxrob Xolmurodov va Oliy Majlis Senati raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev O‘zbekistondagi joriy ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat va xorijiy investorlar uchun sharoitlar to‘g‘risida yig‘ilganlarni boxabar qildi.

Tadbir jarayonida Airbus, Thales, Veolia, Sagemcom, BPIFrance, Fransiya Milliy kosmik tadqiqotlar markazi, Fransuz taraqqiyot agentligi, Moliya vazirligi vakillari ma’ruza qildi. O‘zbekiston tomonidan Milliy bank, Davlat turizm qo‘mitasi, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi va bir qator kompaniyalar taqdimot o‘tkazdi.