15 iyuldan O‘zbekistonda chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni Emehmon (emehmon.uz) tizimi orqali masofadan ro‘yxatga olish yo‘lga qo‘yildi. Avval xabar qilganimizdek, endilikda ularni bir oygacha muddatga vaqtinchalik ro‘yxatga olganlik uchun javobgarlik taklif qiluvchi yoki qabul qiluvchi shaxsga yuklatiladi.

Chet el fuqarosini sayt orqali vaqtinchalik ro‘yxatga olish uchun ro‘yxatdan o‘tish, o‘z ma’lumotlarini kiritish, «kelish varaqasi"ni formasini to‘ldirish va sayyohlik yig‘imi bo‘yicha to‘lovni to‘lov kartasi ma’lumotlarini ko‘rsatgan holda amalga oshirish (mablag‘ miqdori avtomat ravishda aniqlanadi) lozim. Xuddi shu ishlarni Emehmon mobil ilovasi orqali ham bajarish mumkin (hozircha faqatgina Android uchun mavjud).

Joylashuv vositalarida ro‘yxatdan o‘tgan va sayyohlik yig‘imini to‘lab, ularda yashamagan sayyohlar «Mustaqil sayohat qiluvchilar» bandini tanlaydi. Bo‘lish kunlar sanog‘ini ko‘rsatish va naqd yoki naqdsiz to‘lovni amalga oshirish lozim. Joylashuv vositalari ma’muriyati mustaqil sayohat qiluvchilar murojaat qilganda ularni ro‘yxatga olishlari lozim.

Sayt orqali ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha qo‘llanma

Ilova orqali ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha qo‘llanma

Mustaqil sayohat qiluvchilar uchun qo‘llanma