O‘zbekiston Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari iyunda davlat chegaralarini buzgan 70 kishini qo‘lga oldi. Bu haqda Chegara qo‘shinlaridan «Gazeta.uz"ga xabar qilindi.

Qirg‘iziston bilan chegarada 25 kishi, Qozog‘iston bilan — 22, Afg‘oniston bilan — 16, Tojikiston bilan — 6 va Turkmaniston bilan — 1 kishi ushlandi.

Bir oy davomida chegaralar orqali noqonuniy olib o‘tilayotgan 147,6 mln so‘mlik tovar-moddiy boyliklar to‘xtatib qolindi. Ularning katta qismi rangli metall, maishiy texnika hamda tamaki mahsulotlaridir. Qirg‘iziston bilan chegarada 13 mln so‘m, Tojikiston bilan — 14,3 mln so‘m, Qozog‘iston bilan — 1,5 mln so‘mdan ortiq tovar-moddiy boyliklar qo‘lga olindi.