Janubiy Koreyaning Jeju shahrida takevondo WTF bo‘yicha «Korea Open» musobaqasi nihoyasiga yetdi. Unda O‘zbekistondan 30 nafar sportchi ishtirok etdi. Turli yosh toifasida o‘tkazilgan bahslar o‘zbekistonlik sportchilar uchun muvaffaqiyatli yakunlandi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar berdi.

Unga ko‘ra, o‘zbekistonlik taekvondochilar musobaqa davomida 22ta medal (10ta oltin, 6ta kumush va 6ta bronza)ga egalik qilishdi.

Sovrindor sportchilar ro‘yxati esa quyidagicha ko‘rinish oldi:


Oltin:

Nurlan Boydxo‘jayev

Zafarbek Karimov

Shahzod Jo‘rayev

Ulug‘bek Rashitov

Jasurbek Jaysunov

Najmiddin Qosimhojiyev

Fariz Mahmudi

Gulxumor Sodiqova

Mohinabonu Ahadova

Saidmurodxo‘ja Tohirxo‘jayev


Kumush:

Amir Boturov

Aziz Arziyev

Islom Rajabov

Jahongir Xudoyberganov

Muhammadroshad Akramov

Oyatulloh Akramov


Bronza:

Dinora Mamadibragimova

Amir To‘rayev

Abdulaziz Hamidullayev

Ibrohim Nigmanov

Muhammadalixon Muxtorxonov

Madinabonu Mannopova.