Tijorat banklari oktyabrda virtual bank kartalarini taklif etishni boshlaydi. Norma.uz xabariga ko‘ra, mazkur yangilik 23 iyuldagi «Tijorat banklari bank kartalarining chiqarilishi va ularning O‘zbekiston Respublikasidagi muomalasi tartiblari to‘g‘risida"gi nizomda o‘z aksini topgan.

Virtual karta internetda to‘lovlarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan rekvizit ma’lumotlarni o‘zida saqlaydi. Karta bank va mijoz o‘rtasidagi yozma shartnoma asosida yoki oferta kelishuvi bilan foydalanishga taqdim etiladi.

Bundan tashqari, nizom endilikda bitta karta hisobiga bir nechta qo‘shimcha bank va virtual kartalarni bog‘lashga ruxsat beradi.

Protsessing tashkilotiga firibgarlik operatsiyalariga yo‘l qo‘ymaslik uchun to‘lovlarni amalga oshirish vaqtida bank kartalari bo‘yicha antifrod tizimidan foydalanish majburiyati yuklandi.