Podpolkovnik Rustambek Ubadullayevich Ummatqulov Jizzax viloyati Yangiobod tuman Ichki ishlar bo‘limiga boshliq etib tayinlandi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar qildi.

IIBning avvalgi boshlig‘i Ilhom Sulaymonovga nisbatan fermerni kaltaklagani uchun jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

IIV Qashqadaryo viloyati Qarshi tuman IIBga ham yangi boshliq tayinlanganini ma’lum qildi. Podpolkovnik Bahodir Ergashevich Arslonov mazkur lavozimni egalladi.

Bahodir Arslanov. Foto: IIV.