Toshkent hokimiyati va IIBB shaharliklar uchun daraxtlar kesilayotgan holatga duch kelganda qanday munosabat bildirish to‘g‘risidagi qo‘llanmani tarqatdi.

Ishchilarda kesishga ruxsat berilgan aniq manzil ko‘rsatilgan ruxsat beruvchi bayonnoma bo‘lishi shart.

Bayonnoma Toshkent viloyat Bioinspeksiya tomonidan tuzilib, unga tuman hokimi imzo chekishi lozim.

Ishchilar bayonnoma nusxasini ko‘rsatishi mumkin, biroq kesishni amalga oshirayotgan kompaniya rahbariyati aktning asl nusxasini taqdim etishi lozim.

Bayonnoma ko‘rsatilmagan taqdirda, 102 yoki 233−49−46raqamlari orqali IIBBga qo‘ng‘iroq qilib, sodir etilayotgan huquqbuzarlik to‘g‘risida xabar berish lozim. IIBB Davlat ekologiya qo‘mitasi raqamlarini ham taqdim etdi:277−75−43.

Bayonnoma bo‘lgan taqdirda Bioinspeksiyaning +99871 2683686 raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, mazkur manzil orqali daraxt kesishga ruxsat berilganmi-yo‘qmi tekshirish mumkin. Agarda ro‘yxatga olinmagan bo‘lsa, 102 ga qo‘ng‘iroq qilish lozim.

Hokimiyatning qayd etishicha, daraxtlarning yon shoxlarini kesish uchun maxsus ruxsatnoma talab qilinmaydi.
Kasal va qurib qolgan daraxtlarni kesish Bioinspeksiya va tuman hokimi ruxsati bilan amalga oshiriladi.