«Toshshahartransxizmat» aksiyadorlik jamiyatiga Valiyev Mohirxo‘ja Kamolxo‘ja o‘g‘li rais lavozimiga tayinlandi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Yangi rais bunga qadar «US ATI» mas’uliyati cheklangan jamiyati bosh direktori lavozimida ishlagan.

Valiyev Mohirxo‘ja Kamolxo‘ja o‘g‘li 1983 yil Toshkent shahrida tug‘ilgan. Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan (2005).

2014−2017 yillarda — «Toshshahartransxizmat» aksiyadorlik jamiyati raisining moliyaviy iqtisodiy masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlagan. 2017 yilda — «AZIA ABM TRANS» mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.