Bu voqea o‘tgan yilning 6 dekabridan 7 dekabriga o‘tar kechasi Qoraqum bag‘rini kesib o‘tuvchi o‘zbek-turkman chegarasida yuz berdi. Xiva tumanida o‘z oilasiga qarashli fermer xo‘jaligini boshqarayotgan Sobirjon Allaberganov o‘sha tunda fermer xo‘jaligida yollanma ishchi bo‘lib ishlovchi Odamboy Iskandarov va Qo‘shko‘pir tumanida istiqomat qiluvchi tanishi Qudrat Matnazarov bilan o‘zaro jinoiy til biriktirib, xufyona ravishda O‘zbekiston — Тuрк­мaнистон chegarasi tomon yo‘l olishdi. Bu haqda jinoyat ishlari bo‘yicha Xiva tuman sudi raisi Murodjon Hasanov «Gazeta.uz"ga ma’lum qildi.

Hamrohlar bir necha qopga joylangan «PallMall» sigaretalari hamda yengil rezina qayig‘ini Sobirjonning «Lasetti» rusumli avtouloviga joylagan holda yetib kelishdi. Ular rezina qayiqda кўл­нинг narigi sohiliga suzib o‘tgach, biroz yurib, sahro etaklarini ёқa­лab oquvchi katta kanalga yetishdi. Uni ham kechib o‘tgach, sarhad bўй­лab tortilgan sim to‘siqlar paydo bo‘ldi. Hamtovoqlar sim to‘siqlar ostini kovlab, narigi tomonga o‘tib olishdi. Uchovlon chegarabuzarlar қўш­ни davlat hududi bo‘ylab yana biroz yurgach, katta yo‘l bo‘yida ularni kutayotgan Mansur bilan ko‘rishdilar. Mansur 3 қоп­ga joylangan 450 blok «PaIIMaII» sigaretalarini yo‘l ustidayoq 13 ming AQSH dollari evaziga sotib oldi.

O‘zaro kelishuvga muvofiq Mansur keltirilgan tamaki mahsuloti uchun 8 900 AQSH dollarini Sobirjonga naqd sanab berdi. Qolgan 4 100 dollar pulni esa, bir paytlar ko‘rsatilgan «xolis xizmat» evaziga topshirdi. Sobirjon esa hamtovoqlarining har birini 200 AQSH dollari bilan siyladi.

Xayr-ma’zurdan so‘ng har kim o‘z yo‘liga ravona bo‘ldi. Ammo Sobirjon va sheriklari ortga qaytayotib, chegarachilarni chalg‘itib ketisholmadi. Natijada jinoiy qilmish ustida qo‘lga tushishdi.

Tergov asnosida S. Allaberganov, O. Ис­кaнdaроv, Q. Matnazarov Jinoyat kodeksining bojxona to‘g‘risidagi qonunlarni buzishga oid 182-moddasi: chegarani buzib o‘tish, ya’ni bojxona xizmati roziligini olmasdan turib, ko‘p miqdorda tovar yoki boshqa qimmatliklarni bojxona chegarasidan ochiqdan-ochiq o‘tkazish bilan izohlanuvchi 2-qismi «b» bandi, tamaki mahsulotini­ ko‘p miqdorda bir guruh shaxslar tomonidan qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritishga doir 186−1-moddasi 2-qismi «a», «b» bandlari, chet elga chiqish yoki Ўзbекис­тон Respublikasiga kirish qoidalarini buzishga taalluqli 223-moddasi 2-qismi «b», «v» bandlari bo‘yicha ayblangan. Ish tergov yakunida jinoyat ishlari bo‘yicha Xiva tuman sudiga o‘tkazildi. Sud qo‘yilgan har bir ayb va uni sodir etgan shaxslarning qilmishini umumlashtirgan tarzda emas, balki alohida ravishda ko‘rib chiqdi.

Kezi kelganda shuni ta’kidlash lozimki, Jinoyat kodeksining sudlanuvchilarga nisbatan qo‘llanilgan 182-moddasi 2-qismi «b» bandi ayblanuvchini eng kam ish haqining uch yuzdan olti yuz baravarigacha miqdordagi jarimaga tortish yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlariga jalb etish yoxud besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilishni ko‘zda tutadi va jazoning ushbu turi bojxona nazoratini chetlab yoki bojxona nazoratidan yashirib yoxud bojxona hujjatlari yoki vositalariga o‘xshatib yasalgan hujjatlardan aldash yo‘li bilan foydalangan holda yoki деклaрaция­сиз yoxud boshqa nomga yozilgan deklaratsiyadan foydalanib, tovar yoki boshqa qimmatliklarni ko‘p miqdorda Ўзbекис­тон Respublikasining bojxona chegarasidan o‘tkazish, shunday harakat uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan so‘ng sodir etilgan qilmishlarga nisbatan qo‘llaniladi. E’tiborli jihati, sud jarayonida ayblanuvchilar ushbu og‘ir jazodan xalos qilindilar. Bunga sudлa­нuvчилaрнинг ayblari mazkur кодекс­da ifodasini topgan holatlarga mos tushmasligi sabab bo‘ldi.

Binobarin, Oliy sud Plenumining 2016 yil 29 iyuldagi «Bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish va kontrabandaga oid ishlar bo‘yicha sud aмaлиё­ти to‘g‘risida"gi qaroriga ko‘ra, agar жи­ноят­ bojxona chegarasini buzib o‘tish yo‘li bilan sodir etilgan bo‘lsa, shaxsning harakati Jinoyat kodeksining 182-moddasi 2-qismi «b» bandi bo‘yicha malakalanishi lozim.

Bunda chegarani buzib o‘tish deganda, bojxona maskaniga ҳu­жuм qilish, bojxona organlarining қо­нuniй faoliyatiga bosh­қaчa tarzda faol qarshilik ko‘rsatish, bojxona xizmati texnik vositalariga shikast yetkazish yoki ularni ishdan chiqarish va o‘zgacha harakatlar yo‘li bilan bojxona chegarasini kesib o‘tishda ifodasini topgan holatlar nazarda tutilmog‘i darkor.

Ayblanuvchilarning qilmishi aynan shu kabi harakatlar bo‘yicha malakalangani haqi­қaт­da ro‘y bergan voqealarga mos kelmaydi. Sud tergov ор­gaнининг «ochiqdan-ochiq olib o‘tish"ga doir aybini ham эъ­тироф etmadi.

Negaki, bojxona xizmati xodimlari sudlanuvchilar tovarlarni olib o‘tishayotganidan xabardor bo‘lmagan, basharti, bundan xabar topishganida ham, ayblanuvchilar bojxona xodimlarining bundan voqifligini bilmaganlar. Sudda tamaki mahsulotlari olib o‘tilayotganligidan avval hech kim, jumladan, chegarachilar ham xabar topmagani ro‘y-rost ma’lum bo‘ldi. Buni chegara xizmati xodimlari ham tan oldilar. Bunday holatda sudlanuvchilarni bojxona xizmati roziligini olmay turib, tovar yoki boshqa qimmatliklarni ochiqdan-ochiq olib o‘tishda ayblash to‘g‘ri bo‘lmaydi. Sud ishdagi bunday mavhumlikni bartaraf etdi. Jinoyat kodeksining qayd etilgan 182-moddasi 2-qismi «b» bandini ayblanuvchilar zimmasidan soqit qildi. Shuningdek, sudda chegaradan olib o‘tilgan tamaki mahsulotining qiymati haqidagi bahstalab masala ham o‘zining qonuniy yechimini topdi. Shu o‘rinda Jinoyat kodeksining 182-moddasiga ko‘ra, sudlanuvchilar gardaniga tovar yoki qimmatliklarni ko‘p miqdorda olib ўт­gaнлик aybi yuklatilganini alohida sharhlash zarur.

Masalaning bu jihati nazarda tutilsa, ko‘p miqdor ushbu кодекс­нинг 8-bo‘limida belgilangan qoidaga muvofiq eng kam ish haqi­нинг 300 baravaridan 500 baravarigacha bo‘lgan qiymatni tashkil etishi lozim.

Sudlanuvchilar tomonidan qonunga xilof tarzda olib o‘tilgan tamaki mahsulotining jami qiymati esa, sud e’tirof etganidek, 20,2 million so‘mdan iborat va u eng kam oylik ish haqining 300 baravaridan kam miqdorni tashkil qiladi. Bunday vaзият­da jinoiy javobgarlikka tortilayotganlarni ko‘p miqdordagi tovarni bojxona nazoratini chetlab yoki yashirib o‘tkazishda ayblab bo‘lmaydi.

Shu bois, sud ko‘p miqdordagi qimmatliklarni olib o‘tish bo‘yicha sudlanuvchilar zimmasiga yuklatilgan aybni olib tashladi hamda ushbu ayb epizodi bo‘yicha e’tiborni Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 227−21 va 227−22-moddalariga qaratdi.

Unda bayon etilishicha, shaxs ma’muriy jazo qo‘llanilganidan so‘ng bir yil davomida yana aynan shunday huquqbuzarlikni ko‘p miqdorda sodir qilsagina, jinoiy javobgarlik kelib chiqadi. Tuman sudi ushbu holatni oxirigacha va uzil-kesil aniqlash uchun viloyat Bojxona boshqarmasiga murojaat қи­лиb, keyingi bir yil ichida ayb­лaнuvчилaр tomonidan aynan shunday harakat sodir qilingan yoki qilinmagani haqida ma’lumot berishni so‘radi. Pirovardida bunday qilmish sudlanuvchilar tomonidan muqaddam sodir etilmagani ma’lum bo‘ldi.

Ayni paytda sud tomonidan сaр­ҳaдни buzish yo‘li bilan olib o‘tilgan tovarning qiymati va unga bo‘lgan munosabat haqidagi masalaga ham aniqlik kiritildi. Ruxsatsiz olib o‘tilgan tovarning umumiy qiymati eng kam oylik ish haqi­нинг 100 dan 300 baravarigacha ekani, qonun uni ancha miqdor sifatida e’tirof etishi alohida ta’kidlandi. Shuni ham eslatish zarurki, ruxsatsiz olib o‘tilgan tovarlarning ancha miqdori, qonunga ko‘ra, jinoiy qilmish emas, balki ma’muriy huquqbuzarlik sifatida malakalanadi. Sud ana shu qoidadan kelib chiqib, S. Allaberganov, O. Iskandarov, Q. Matnazarovlarga nisbatan tergov organi tomonidan Jinoyat kodeksining 182-moddasi 2-qismi «b» bandi bo‘yicha qo‘yilgan aybni chiqarib tashlagan holda, ishning shu qismini alohida ravishda ajratib oldi va uni Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 227−21-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlik alomatlari mavjudligi bois, Ma’muriy ishlar bў­йичa tuman sudiga jo‘natdi. Shu tariqa jinoiy jazo o‘rnini ma’muriy javobgarlik chorasi egalladi.

Sud ayni paytda Jinoyat kodeksining 186−1-moddasi 2-qismi va 223-moddasi 2-qismi bo‘yicha tergov organi tarafidan e’lon qilingan ayb qonun talabiga mos ekanligini e’tirof etdi. Biroq жa­зо tayinlash chog‘i ayblanuvchilarning shaxsi, jamiyatda tutgan o‘rni, ma’naviy-axloqiy qiyofasi, aybni yengillashtiruvchi va og‘irlashtiruvchi jihatlarni alohida-alohida ko‘rib chiqdi. Ular zimmasiga yuklatilgan ayb bir xil — Jinoyat kodeksining 186−1 va 223-moddalari 2-qismiga muvofiq bo‘lsa-da, tayinlangan jazo turlicha bo‘lib chiqdi. Sud, xususan, S. Allaberganovni ro‘y bergan qilmishning tashkilotchisi va rahnamosi deb topdi. Shu bilan birga, hali yosh esa-da (1995 yili tug‘ilgan), bu kabi jinoiy harakatlarga avval ham bosh qo‘shgani, shu paytgacha ham sudlanib, jazoga ro‘para kelgani, o‘ziga nisbatan muayyan ҳu­қuқ­dan mahrum qilish bo‘yicha sud tomonidan belgilangan muddatni to‘la o‘tamay turib, yana jinoiy qilmishga qo‘l urganini nazarda tutdi. Ayblanuvchining zimmasiga muayyan huquqdan mahrum etish bo‘yicha avval o‘tolmay qolgan 2 yilu 4 oylik jazoni qo‘shgan ҳол­da o‘tash majburiyati yuklatildi va uzil-kesil 5 yilu 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum etildi.

Jinoiy guruhning qolgan ikki a’zosi: O. Iskandarov va Q. Matnazarovni bu kabi og‘ir qilmishlarni amalga oshirganlikda ayblab bo‘lmaydi. Ular guruh boshlig‘i S. Allaberganovning xohishi asosida ish ko‘rishgan. Lekin bu qilmishga ko‘r-ko‘rona emas, balki jiddiy qonunbuzarlik ekanligini bilgan, aнг­лagaн, oqibatini his etgan holda muayyan xizmat haqi evaziga qo‘l urishgan. Sud buni inobatga oldi. Ayni paytda sudlanuvchilarning guruhdagi o‘rni va rolini, oilaviy ahvolini, jinoyatga muqaddam qo‘l urmagani, aybiga iqrorligi, qilmishidan pushaymonligini ham nazarda tutdi. Ishni ko‘rib chiqish jarayonida Yoshlar ittifoqining Xiva va Qo‘shko‘pir tuman kengashlari Q. Matnazarov hamda O. Iskandarovning harakatini o‘z nazoratiga olish, ularni tarbiyalash majburiyatini zimmaga olib, sudga kafolat xati bilan murojaat qildi.

Sud Yoshlar ittifoqining ushbu taklifini ma’qulladi, ya’ni har ikki ayblanuvchini muayyan muddatga ozodlikni cheklash jazosiga hukm qildi.

Natijada jinoiy qilmish chog‘i qo‘lga olinib, shu paytgacha hibsda saqlangan ikkovlon sud zalidan ozodlikka chiqarildi.