Samarqand viloyat hokimligida 1177 raqamli «Ishonch telefoni» ishga tushirildi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar qildi.

«Endi Siz viloyat hokimligiga aloqa almashishning ushbu vositasi orqali barcha masalalar bo‘yicha murojaat qilishingiz mumkin», — deyiladi xabarda.

«Ishonch telefoni"ga kun davomida qo‘ng‘iroq qilish mumkin.

Bundan avvalroq Samarqand viloyatining yangi hokimi Erkinjon Turdimov fuqarolar murojaatlarini qabul qilish maqsadida o‘zining telegram messenjerini ishga tushirgan edi. Fuqarolar +99897−405−40−06 raqami orqali unga o‘zining murojaatini yozib yuborishi mumkin.