O‘zbekiston Respubliksi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamenti ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning o‘tgan davrida turli tashkilot va idoralarga ishga qabul qilish jarayonlaridagi korrupsiya holatlari yuzasidan 128 ta jinoyat fosh etilgan. Bu haqda Bosh prokuraturaning feysbukdagi sahifasi orqali xabar berildi va shu mavzudagi maxsus video jaylashtirildi.

Sohalar bo‘yicha qaraladigan bo‘lsa, tibbiyotda 47 ta, firibgarlar tomonidan huquq-tartibot organlariga ishga olib kirish holatlari bo‘yicha 27 ta, ishlab chiqarish tarmoqlarida 24 ta, ta’lim 17 ta, boshqa sohalarda 5 ta, firibgarlar tomonidan fuqarolarni noqonuniy chet elga jo‘natish va joylashtirish bilan bog‘liq jinoyatlar soni esa 8 tani tashkil qildi.

Viloyatlar kesimida qaraladigan bo‘lsa,

Andijon, Farg‘ona va Qashqadaryoda 17 tadan;

Buxoro 14 ta;

Navoiy 13 ta;

Toshkent shahri 12 ta;

Toshkent viloyatida 8 ta;

Namangan viloyati 7 ta;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Samarqand 5 tadan;

Sirdaryo va Xorazm viloyatlari 4 tadan;

Surxondaryo viloyati 3 ta;

Jizzax viloyati 2 ta korrupsiya bilan bog‘liq holatlar qayd etilgan.