Respublika Gidrometeorologiya markazidan berilgan xabarga ko‘ra, 24 iyul kuni Toshkentda havo kam bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Kechasi 23−25, kunduzi 37−39 daraja issiq bo‘ladi.

Shuningdek Namangan Andijon va Farg‘ona viloyatlarida havo harorati kunduzi 34−39 darajagacha issiq bo‘lishi kutilmoqda.

Sirdaryo, Jizzax, Samarqand, Navoiy va Buxoro viloyatlarida bir xil — 35−40 darajagacha issiq bo‘lishi taxmin qilinmoqda. Xorazm viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasida 33−38 darajagacha issiq bo‘lishi aytilmoqda.

Mamlakatimizning janubi bo‘lmish Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida issiq havo saqlanib qolishi kutilmoqda. Ma’lumotlarga qaraganda, bugun mazkur viloyatlarda 40−45 darajagacha issiq bo‘ladi.